Asosiy kontentga oʻtish
AkademTech
AkademTech

Markaziy Osiyo va Turkiy dunyo uchun akademik infratuzilma

Oʻzbek va Turkiy tillaridagi ilmiy merosni indekslash, tekshirish va saqlash uchun qurilgan zamonaviy texnologiyalar ekotizimi.

Ekotizim

AkademTech ikki qatlamdan iborat: daromadli mahsulotlar va ochiq akademik infratuzilma. Birinchisi ikkinchisini moliyalashtiradi.

Maqsadimiz — global tizimlar eʼtibor bermagan oʻzbek va Turkiy ilm-fanini raqamli infratuzilma bilan taʼminlash: indekslash, iqtibos qilish, tekshirish va saqlash.

Ekotizim raqamlari

Raqamlar jonli manbadan yangilanadi.

Foydalanish

AslMatn
399
Foydalanuvchilar
269
Oʻtkazilgan tahlillar

Korpus

AkademBase
Indekslangan hujjatlar
Iqtiboslar

Faollik

AkademIndex
Qidiruvlar
Koʻrilgan ishlar
AkademTech

Bizning yoʻlimiz

  1. Bajarildi

    AkademTech MChJ tashkil etildi

    Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtdi. STIR: 313004588. IT Park rezidenti.

  2. Bajarildi

    IT Park rezidenti boʻldi

    Texnopark rezidentlarining yagona reestriga kiritildi. №6128.

  3. Jonli

    AslMatn ishga tushdi

    B2C — yakka foydalanuvchilar uchun. Plagiat va AI matn aniqlash xizmati: 4 til, xalqaro bazalar.

    aslmatn.uz
  4. Jonli

    AslMatn B2B ishga tushdi

    Tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari uchun B2B yoʻnalishi

    b2b.aslmatn.uz
  5. Jonli

    AkademTech.org ishga tushdi

    Ekotizimning bosh sayti hamda yondosh domenlari (.com, .uz) ishga tushdi

  6. Jonli

    AkademJS.uz ishga tushdi

    Akadem Journal System — akademik jurnallar uchun boshqariladigan OJS hosting xizmati

    akademjs.uz
  7. Jonli

    AkademIndex ishga tushdi

    Ommaviy ilmiy qidiruv va koʻp tilli oʻqish platformasi — oʻzbek va turkiy ilmiy ishlarni cross-lingual qidirish va oʻqish.

    akademindex.org
  8. Rivojlanmoqda

    AkademBase

    Oʻzbek va Turkiy tillaridagi akademik manbalar uchun markaziy korpus infratuzilmasi.

AkademTech

Mahsulotlar

AslMatn

Plagiat va AI matn aniqlash

Jonli

Oʻzbekistondagi birinchi professional akademik plagiat va AI aniqlash platformasi. Tillararo aniqlash va xalqaro bazalar.

399
AslMatn foydalanuvchilari
269
Oʻtkazilgan tahlillar
aslmatn.uz

AkademBase

Akademik korpus infratuzilmasi

Rivojlanmoqda

Oʻzbek, qoraqalpoq va Turkiy tillaridagi ilmiy ishlarni qamrovchi markaziy baza.

180 000
AkademBase — indekslangan hujjatlar
1 300 000
AkademBase — iqtiboslar

AkademJS

Akademik jurnal tizimi

Jonli

Ilmiy jurnallar uchun boshqariladigan OJS (Open Journal Systems) platformasi — professional oʻrnatish, xavfsiz va doimo yangilangan hosting hamda muharrirlar uchun qoʻllab-quvvatlash. Jurnalingizni DOAJ, Scopus va Google Scholar indekslariga tayyorlaymiz hamda DOI/Crossref roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlaymiz.

akademjs.uz

AkademIndex

Koʻp tilli ilmiy qidiruv

Jonli

Ommaviy ilmiy qidiruv va koʻp tilli oʻqish platformasi — oʻzbek va turkiy ilmiy ishlarni cross-lingual qidirish va oʻqish.

akademindex.org

AkademScholar

Bibliometrika va iqtibos tahlili

Tez orada

Bibliometrika, iqtibos grafi va ustoz-shogird shajara tahlili.

AkademID

Akademik identifikatsiya

Tez orada

Tadqiqotchi profili va akademik identifikatsiya.

AkademPreprint

Preprint nashr platformasi

Tez orada

Turkiy ilm-fan uchun preprint nashr platformasi (arXiv uslubida).

AkademTranslit

Transliteratsiya va tarjima

Tez orada

Akademik transliteratsiya va tarjima xizmati (kirill↔lotin, koʻp tilli).

AkademTech

Biz haqimizda

  • AkademTech MChJ
  • IT Park rezidenti (№6128)
  • STIR: 313 004 588

Namangan vil., Toʻraqoʻrgʻon tumani, Yortepa MFY, Fayziobod koʻchasi, 1-uy

Tolibjon Xomidov — asoschi va direktor